Maxfiylik siyosati
Amal qilish sanasi: 5-noyabr 2026.
Fakturachi — Didox.uz dagi hisob-faktura markirovka kodlarini Asl belgisi va Tasnif boʻyicha tekshiradigan Chrome kengaytmasi va Telegram bot.
1. Qaysi maʼlumotlar yigʻiladi
- Hisob-faktura. Siz tekshirgan hujjatdagi mahsulotlar, markirovka kodlari, hujjat raqami va sanasi, sotuvchi va xaridor.
- Skanerlangan kodlar — qabul va tezkor tekshiruvda.
- Hisob. STIR va dorixona nomi (Didox profilidan), Telegram ID, ism va telefon raqami (Telegram orqali kirishda bir marta, «Raqamni yuborish» tugmasi bilan oʻzingiz yuborasiz).
- Asl belgisi kaliti — shifrlangan holda.
- Foydalanish statistikasi — qaysi imkoniyatlar ishlatilgani va xatolar, kodlar va hujjat matnisiz.
Didox login, paroli va tokeni, narxlar va boshqa saytlardagi faoliyatingiz yigʻilmaydi.
2. Nima uchun ishlatiladi
Faqat xizmat uchun: kodlarni tekshirish, natija va tarixni koʻrsatish, hisob va tarifni yuritish, xizmatni yaxshilash. Maʼlumotlar sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
3. Kimga uzatiladi
Faqat Asl belgisiga (kodlar holati, sizning kalitingiz bilan) va Telegramga (bot xabarlari). Tasnif katalogi serverimizda; unga maʼlumotlaringiz yuborilmaydi.
4. Qayerda va qancha saqlanadi
Fakturachi serverida, Oʻzbekistonda. Tekshiruv mazmuni 3 kun saqlanadi (sozlamalarda «Doimiy saqlash» yoqilmagan boʻlsa), hisob maʼlumotlari — hisob mavjud ekan.
5. Oʻchirish
Hisobingiz va maʼlumotlaringizni oʻchirishni Telegramda @fakturachiai yoki fakturachi@gmail.com orqali soʻrang — 7 kun ichida bajariladi.
6. Oʻzgarishlar va bogʻlanish
Siyosat oʻzgarsa, shu sahifa va sana yangilanadi. Savollar: Telegramda @fakturachiai yoki fakturachi@gmail.com.